PostgreSQL to’liq qo’llanma


PostgreSQL - asosiy tushunchalar
PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, obyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda. Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi. Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs tarkibi
- 28 ta dars
- Kurs davomiyligi - 4 soat
Kurs oʻqituvchisi

Behruz Xolmominov
Node.JS Backend Engineer
SHIPPING ERP COMPANY va CLICK kompaniyasida Back-end dasturchi
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
Bepul
Kursni tekinga oling va hoziroq oʻrganishni boshlang.





