Professional Node.js: noldan boshlab eʼlonlar sayti yaratishni oʻrganing


Node yoki Node.js
Node.js V8 dvijoki asosida yaratilgan dasturiy platforma hisoblanib, JavaScript kodni native code (mashina kodi)ga oʻgirib beradi. Node.js JavaScriptʼga kiritish-chiqarish (ввода-вывода) qurilmalar bilan oʻzining C++ da yozilgan API orqali aloqa oʻrnata oladi. Qoʻshimcha kutubxonalar ulash, boshqa tillarda yozilgan dasturlar bilan ishlash imkonini JavaScript kod orqali amalga oshirsa boʻladi. Node.js orqali server dasturlar yaratiladi, lekin kompyuterga desktop dasturlar yaratish imkoni ham mavjud. Bular uchun NW.js va AppJS orqali Windows, Linux, MacOSʼlarga dastur tuzish imkoniyati bor. Bundan tashqari, mikrokontrollerlarni ham dasturlash imkoni bor (tessel va espruino). Node.js asosida hodisaga yoʻnaltirilgan va asinxron (yoki reaktiv) dasturlash, kirish-chiqish bloklamaydigan dasturlash yotadi.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs tarkibi
- 59 ta dars
- Kurs davomiyligi - 19 soat
Kurs oʻqituvchisi

Behruz Xolmominov
Node.js dasturchi
Koʻp yillik tajribaga ega bekend dasturchi
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
1 martalik toʻlov
Kursni sotib oling va oʻrganishni boshlang.





