AyTi sohasiga ilk qadam


Nega AyTi sohalarini oʻrganish kerak?
AyTi sohasi dastur ishlab chiqish, veb-dizayn, Data Science (Maʼlumotlar tahlili), kiberxavfsizlik va boshqa koʻplab yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Bu soha sizga turli yoʻnalishlarda ish bajarish bilan birgalikda masofaviy ishlash imkoniyatini taqdim etadi. AyTi sohasi talab va zaruratlarning oʻzgarishiga qarab doimo yangilanib boradi. Shuning uchun ham yangi texnologiya va dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs kimlar uchun?
01
Dasturlash sohasiga qiziquvchilar
Dasturlash sohasiga endigina kirib kelgan va yoʻnalish tanlashga qiynalayotganlar
02
Cybersecurity (Kiberxavfsizlik)
Kiberxavfsizlik yoʻnalishiga qiziquvchilar: sayt, mobil ilovalar va boshqa tizimlarda zaif nuqtalarni topishni xohlovchilar
03
Data Science (Maʼlumotlar tahlili)
Katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish uchun matematika, statistika, sunʼiy intellekt va kompyuter injiniringi sohalari tamoyillari va amaliyotini birlashtirgan koʻp tarmoqli yoʻnalishni oʻrganishni istovchilar
04
Dizayn
Sayt va dasturlarni foydalanuvchilarga qulay boʻlishini taʼminlashni xohlovchilar
05
Boshqa soha vakillari
Oʻz sohasini oʻzgartirmoqchi boʻlgan, AyTi yoʻnalishlari haqida maʼlumot olishni xohlaganlar
06
AyTi yoʻnalishlari haqida maʼlumot olmoqchi boʻlganlar
Dasturlash yoʻnalishlari, dizayn va sunʼiy intellekt sohalariga qiziquvchilar
07
Mobil dasturlash
Android, iOS va boshqa turli qurilmalarga dastur tuzishni xohlovchilar
08
Computer Vision
Bugungi kunda talab juda yuqori boʻlgan kasblardan biri – Raqamli tasvirlar bilan ishlashni xohlovchilar
09
No-Code
No-Code – (Kod yozmagan holatda) turli sayt va ilovalar ishlab chiqishni xohlovchilar
10
QA – Sifat nazorati
Tanqidiy fikrlaydiganlar, sifatni doimiy nazorat qilib turishni yoqtiradiganlar
11
Digital Marketing
Zamonaviy raqamli marketing (SMM, SEO, Tilda, Wordpress) sohasiga qiziquvchilar
12
Frontend dasturlashga qiziquvchilar
Turli xil murakkablikdagi saytlarni yaratishni xohlovchilar
13
Bekend dasturlashga qiziquvchilar
Turli loyihalarning asosi, yaʼni mantigʻini tuzib chiqishni xohlovchilar, jumboqli masalalarni yechishni yoqtiruvchilar
14
Project Management (Loyiha boshqaruvi)
Katta-kichik loyihalar va jamoani boshqarishni xohlovchilar
Kurs tarkibi
- 55 ta dars
- Kurs davomiyligi - 7 soat
- test va topshiriqlar soni -13 ta
Kurs davomida bajariladigan loyihalar
Oʻrgatiladigan texnologiyalar
Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:
Shopify

Shopify
Figma

Figma
Python

Python
JavaScript

JavaScript
Node.js

Node.js
Django

Django
Numpy

Numpy
Kotlin

Kotlin
Data structure and Algorithms

Data structure and Algorithms
Kurs oʻqituvchisi

Mohirdev jamoasi
IT sohasi vakillari
Xalqaro va mahalliy mutaxassislar tomonidan tayyorlandi.
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
Bepul
Kursni tekinga oling va hoziroq oʻrganishni boshlang.
Oʻquvchilarimiz fikrlari































