HTMLda dasturlash


HTML haqida
HTML – HyperText Markup Language (Giper matnli belgilash tili) umumjahon internet tarmogʻidagi hujjatlar uchun standartlashtirilgan belgilash tili hisoblanadi. HTML belgilar barcha veb-sahifalarda mavjud boʻladi va brauzerlar tomonidan izohlanadi. Natijada formatlangan matn kompyuter yoki mobil qurilmaning ekranida aks etadi. HTML 5-versiyasi ishlab chiqilgunga qadar SGML dasturi sifatida belgilangan ((ISO 8879 ga muvofiq standartlashtirilgan umumlashtiruvchi til). HTML5 spetsifikatsiyalari DOM – Document Object Model (hujjat obyekti modeli) nuqtai nazaridan tuzilgan. XHTML HTMLning yanada qattiqroq versiyasi boʻlib, XML sintaksisiga amal qiladi. XHTML gipermatnni belgilash uchun XML til dasturi hisoblanadi. Webda HTML sahifalar http yoki https orqali serverdan oddiy matn shaklida yoki shifrlangan holda brauzerlarga uzatiladi.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs tarkibi
- 32 ta dars
- Kurs davomiyligi - 4 soat
Kurs oʻqituvchisi

Ulugʻbek Samigjonov
HTML dasturlash kursi ustozi
Veed.io platformasida Senior Team Lead sifatida faoliyat yuritadi.
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
Bepul
Kursni tekinga oling va hoziroq oʻrganishni boshlang.





