

Python nima?
Python mashhur dasturlash tili hisoblanib, Guido van Rossum tomonidan 1991-yilda ishlab chiqilgan. Python oʻrganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, koʻp qirrali dasturlash tilidir. Bu yoʻnalish dasturlash sohasiga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zoʻr tanlovdir. Python quyidagi holatlar uchun ishlatiladi: – veb-sayt ishlab chiqish (server tomonida); – dasturiy taʼminot ishlab chiqish; – matematik amallar; – tizim skriptlari.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

Videodarslar
Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

Vazifalar
Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kurs tarkibi
- 48 ta dars
- Kurs davomiyligi - 13 soat
Kurs oʻqituvchisi

Anvar Narzullayev
Mohirdev.uz asoschisi
Mohirdev onlayn taʼlim platformasi asoschisi.
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
Bepul
Kursni tekinga oling va hoziroq oʻrganishni boshlang.





