AyTida kasb tanlash: amaliy 30 kun


Hammasini sinab ko‘rib, eng mosini tanlang
Kursda AyTiga kirish, veb, mobil dasturlash, data sayns, DevOps, kiberxavfsizlik, Odoo, LinkedIn va Git bo‘yicha qisqa, amaliy tanishtiruv darslari bor. Kurs yakunida qaysi yo‘l sizga mosligini aniqlab, keyingi aniq qadamni tanlaysiz.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

30 kun
Kurs Ramazon oyi uchun 30 kunlik formatda tuzilgan. Darslar bosqichma-bosqich ochilishi rejalashtirilgan, siz esa ularni o‘zingizga qulay vaqtda o‘tasiz.

Amaliy topshiriqlar
Kurs davomida 4 ta amaliy topshiriq bor: Google Drive’da ishlash, Inspect orqali frontendni ko‘rish, Colab’da birinchi kod, LinkedIn profilni ochish.

Umumiy chat
Muhokama va yangiliklar uchun umumiy chatga qoʻshilasiz

Sertifikat
Kursdagi darslar va topshiriqlarni yakunlaganingizdan so‘ng sertifikat olasiz.
Kurs kimlar uchun?
01
AyTiga kirib, yo‘nalishni tanlay olmayotganlar
Yo‘nalishlar ko‘p. Bu kursda ularni tartibli ko‘rib chiqasiz, farqini tushunasiz va o‘zingizga mos yo‘lni tanlaysiz.
02
Boshlab qo‘yib, “bu menga to‘g‘ri kelmadi” deb qolishdan qo‘rqadiganlar
Qiziqish bor, lekin amalda ish turi yoqmasligi mumkin. Kurs yo‘nalishlarni solishtirishga yordam beradi, shunda noto‘g‘ri tanlov ehtimoli kamayadi.
03
Ramazon oyida o‘qish tempini ushlab ketmoqchi bo‘lganlar
Har kuni majburiy dars yo‘q. Kursni o‘zingizga qulay vaqtda o‘tasiz, bo‘limlar bosqichma-bosqich ochilishi rejalashtirilgan.
04
Keyingi qadamni aniq bilmayotganlar
Kurs yakunida “qaysi yo‘l” degan savolga javob paydo bo‘ladi va siz bitta keyingi aniq qadamni tanlaysiz: qaysi yo‘nalishni davom ettirish, qaysi kursdan boshlash.
Kurs tarkibi
- 54 ta dars
- 4 ta loyiha qilinadi
- Kurs davomiyligi - 3 soat
Kurs davomida bajariladigan loyihalar
Sertifikatli boʻling!

Oʻrgatiladigan texnologiyalar
Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:
Google Drive

Google Drive
HTML

HTML
CSS

CSS
Python

Python
Django

Django
Java

Java
Data science metodologiyasi

Data science metodologiyasi
Git

Git
Sifat nazorati

Sifat nazorati
Odoo

Odoo

Kurs oʻqituvchilari

Amon Olimov
Odoo eksperti
Odoo konsalting va biznes jarayonlari bo‘yicha ekspert, Deep Vision asoschisi. O‘zbekistonda Odoo ERP joriy qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri, xalqaro Odoo sertifikatiga ega va 10+ yillik tajribaga ega.

Ulug‘bek Samigjonov
Frontend eksperti
Veed.io platformasida Senior Team Lead sifatida ishlaydi. Frontend yo‘nalishida amaliy tajribaga ega va Mohirdev’da shu yo‘nalish bo‘yicha kurslar muallifi.

Jahongir Rahmonov
Fulstek eksperti
11 yillik tajribaga ega Software Engineer. Avval Anaconda Inc. va Amazon’da ishlagan, hozir NVIDIA’da senior dasturchi sifatida faoliyat yuritadi.

Zohidjon Akbarov
Android dasturlash eksperti
Senior Android Developer. Uzoq yillardan beri frilanserlik bilan shug‘ullanadi va Toptal a’zosi.

Anvar Narzullaev
Data sayns eskperti
20 yillik tajribaga ega axborot texnologiyalari muhandisi, Mohirdev asoschisi.

Eldor Po‘latov
DevOps eksperti
DevOps boʻyicha 4+ yillik tajribaga ega. EPAM kabi xalqaro va mahalliy kompaniyalarda soha boʻyicha faoliyat yuritgan. Hozir Click kompaniyasida senior DevOps injener boʻlib ishlaydi.

Ulug‘bek Mo‘minov
Kiberxavfsizlik eksperti
Kiberxavfsizlik (pentesting) yo‘nalishida 5 yildan beri ishlaydi. Oldin Alfa Bank va Tinkoff’da dasturchi bo‘lib ishlagan, kiberxavfsizlik bo‘yicha Yandex’da tajribasi bor; hozir MSecurity nomli kompaniyasi mavjud.

Erkin Isoyev
Odoo eksperti
Odoo asosida ERP tizimlarini moslashtirish va funksional kengaytirish bilan shug‘ullanadi. Real biznes loyihalarida murakkab jarayonlar uchun individual yechimlar yaratgan.

Ivan Doronin
LinkedIn bo‘yicha ekspert
LinkedIn’ni rivojlantirish bo‘yicha ekspert va loyiha menejeri, LinkedIn’da 40 000+ kuzatuvchiga ega. 10 yildan beri AyTi menejment sohasida ishlaydi, hozir Abu-Dabidagi G42’da program menejer.
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
1 martalik toʻlov
Kursni sotib oling va oʻrganishni boshlang.







