

Sun’iy intellekt nima, u qanday ishlaydi va qayerlarda qo‘llanadi?
Bu kurs shu savollarga javob beradi: mashina o‘rganishi (ML), chuqur o‘rganish (DL) va boshqa asosiy tushunchalar sodda tushuntiriladi, qanday qoʻllanishi haqiqiy soha mutaxassislari bilan ko‘rib chiqiladi.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?

1 hafta
Kurs o‘rtacha 5–10 daqiqali videodarslardan iborat. Siz ularni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qishingiz mumkin.

Testlar
Darslardan so‘ng testlar berilgan. Ular bilan bilimlaringizni mustahkamlab borasiz.
Kurs kimlar uchun?
01
SI nima ekanini aniq tushunib olishni istaganlar
Sun’iy intellekt atamasi ko‘p ishlatiladi, lekin ko‘pchilik uning asl mazmunini bilmaydi. Bu kurs SI nima, u qanday ishlaydi va nimadan iborat ekanini sodda qilib tushuntiradi.
02
SI mening ishimgа ta’sir qiladimi, deb o‘ylayotganlar
Sun’iy intellekt turli sohalarda paydo bo‘lyapti. Kursda qaysi jarayonlar avtomatlashtirilishi, qaysi joyda inson roli saqlanib qolishi misollar bilan ko‘rsatiladi.
03
“SI hamma ishni tortib oladi”, deb xavotirlanayotganlar
Kursda turli: huquq, ilm-fan, OAV sohalaridan mutaxassislar taklif etilgan. Ular ishda SI nima qilib bera olishi va olmasligini tushuntirib, bu masalaga aniqlik kiritadi.
04
ChatGPT va boshqa SI vositalaridan samaraliroq foydalanmoqchi bo‘lganlar
SIning imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Bu SI vositalariga ongli va to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishga yordam beradi.
Kurs tarkibi
- 22 ta dars
- Kurs davomiyligi - 1 soat
- test va topshiriqlar soni -4 ta
Kurs oʻqituvchisi

Anvar Narzullayev
Kurs eksperti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doktori, Mohirdev asoschisi, 20 yillik tajribaga ega.
Kursni oʻrganishni hozirdan boshlang
- 1 yil davomida foydalanish imkoniyati
- Videodarslar
- Testlar
- Loyihalar
- Yuklab olinadigan manbalar
- Mobil qurilma orqali kirish
1 martalik toʻlov
Kursni sotib oling va oʻrganishni boshlang.



