Kichik biznes uchun Odoo ERP tizimini qanday joriy qilishni bosqichma-bosqich o‘rganing. Kurs yakunida portfolio uchun toʻliq loyihaga va Mohirdev sertifikatiga ega bo‘lasiz.
Odoo: implementatsiya asoslari mutaxassisi boʻlish uchun kerakli bilimlar beriladi.
Loyihalar
Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda 2 ta loyiha yakunlanadi.
Sertifikat
Har bir bitiruvchiga bilim darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etiladi.
Karyerani boshlash
Kurs yakunida oʻquvchilar karyera boshlashga tayyor boʻlib chiqadi.
0 KUN
00
00
00
Odoo konsultanti nima ish qiladi?
Odoo konsultanti biznes jarayonlarini tahlil qiladi, Odoo modullarini sozlaydi, ma’lumotlarni import qiladi va mijozni tizimni ishga tushirishda qo‘llab-quvvatlaydi. U biznes va texnologiya o‘rtasidagi ko‘prikdir.
Kurs qay tartibda oʻtiladi?
4–8 hafta
Darslarni o‘zingizga qulay vaqtda o‘qib, bosqichma-bosqich tugatishingiz mumkin.
Amaliyot
Har bir dars bo‘yicha topshiriqlar + 2 ta portfolio loyiha (“Usta Amaki” qurilish mollari doʻkoni va “Afsona Mebel” uy dekori doʻkoni).
Umumiy chat
Muhokama va yangiliklar uchun umumiy chatga qoʻshilasiz
Sertifikat
Barcha dars va loyihalarni yakunlaganingizdan so‘ng Mohirdev sertifikatini qo‘lga kiritasiz.
Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?
Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.
Kurs kimlar uchun?
01
Buxgalterlar va moliya sohasi mutaxassislari
Hisob-kitob, moliya yoki audit bo‘yicha ishlayotgan va Odoo yordamida jarayonlarni avtomatlashtirib, yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqchi bo‘lganlar
02
Savdo va logistika menejerlari
Savdo, xarid yoki ombor jarayonlarini boshqarayotgan va ERP tizimi orqali ish samaradorligini oshirmoqchi bo‘lganlar
03
Texnik mutaxassislar (masalan, Python dasturchilar)
Texnik bilimga ega, lekin konsalting tomonga ham qadam qo‘yib, “techno-functional” mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganlar
Nima uchun aynan bu kursni oʻrganish kerak?
Amaliy loyiha asosidagi dastur
“Usta amaki” do‘koni misolida to‘liq implementatsiya qilasiz: talablarni yig‘ish, modullarni (CRM, savdo, xarid, ombor, buxgalteriya, POS, website) sozlash, ma’lumot importi, hisobotlar, rollar va xavfsizlik, post-go-live qo‘llab-quvvatlash — hammasi bosqichma-bosqich. Bundan tashqari, “Afsona mebel” (mebel & uy-dekor) uchun mustaqil self-study topshiriqlarni bajarasiz — ikkalasi ham portfoliongizga kiradi.
Ish beruvchilar kutgan natija
Kurs yakunida portfoliongizga qo‘shiladigan tayyor loyiha, real ish jarayoniga mos ko‘nikmalar va Mohirdev sertifikatiga ega bo‘lasiz. O‘zbekiston bozorida Odoo implementatori va konsultantlariga talab yuqori — o‘rganganlaringizni darhol ishda qo‘llaysiz.
Sizga qulay vaqtda
≤7 daqiqalik videolar, 4 ta test va 11 ta amaliy topshiriq bilan moslashuvchan o‘qish. O‘zingizga qulay vaqt va joyda o‘qib, bosqichma-bosqich natija yig‘asiz; har dars amaliy vazifa bilan mustahkamlanadi.
Kurs tarkibi
56 ta dars
2 ta loyiha qilinadi
Kurs davomiyligi - 21 soat
Test va topshiriqlar soni -4 ta
00:05:00
Yopiq Telegram guruhga qo‘shilish
00:01:00
Soʻrovnoma
00:06:00
00:05:00
00:05:00
1-test
Talablarni aniqlash. Intervyu (1-qism)
00:06:00
Talablarni aniqlash. Intervyu (2-qism)
00:07:00
2-test
Mijoz brifi va loyiha konteksti
00:06:00
CRM va lidlar bilan ishlash (1-qism)
00:04:00
CRM va lidlar bilan ishlash (2-qism)
00:09:00
1-amaliy vazifa
00:55:00
Asosiy ma’lumotlar: mahsulotlar (1-qism)
00:07:00
Asosiy ma’lumotlar: mahsulotlar (2-qism)
00:07:00
Asosiy ma’lumotlar: mijozlar va yetkazib beruvchilar
00:05:00
2-amaliy vazifa
01:25:00
Odoo studio: maydon qo‘shish (1-qism)
00:05:00
Odoo studio: maydon qo‘shish (2-qism)
00:05:00
3-amaliy vazifa
00:45:00
Xarid jarayoni: soʻrovdan qabulgacha (1-qism)
00:08:00
Xarid jarayoni: soʻrovdan qabulgacha (2-qism)
00:06:00
4-amaliy vazifa
01:25:00
Omborxona: asosiy sozlamalar
00:06:00
Omborxona: marshrutlar va hisobotlar
00:06:00
5-amaliy vazifa
01:25:00
Soʻrovnoma
Savdo: taklifdan to‘lovgacha
00:09:00
6-amaliy vazifa
02:00:00
Pos: sozlash va sinov sotuv (1-qism)
00:07:00
Pos: sozlash va sinov sotuv (2-qism)
00:08:00
Baʼzi Posʼlar qanday yaratiladi?
7-amaliy vazifa
02:00:00
Veb-sayt: tez ishga tushirish (1-qism)
00:06:00
Veb-sayt: tez ishga tushirish (2-qism)
00:04:00
8-amaliy vazifa
02:00:00
Buxgalteriya: asosiy sozlamalar
00:08:00
9-amaliy vazifa
02:00:00
Rollar va xavfsizlik
00:08:00
10-amaliy vazifa
01:25:00
Dashboard va analitika
00:07:00
3-test
Ishga tushirgandan keyin qo‘llab-quvvatlash va keyingi qadamlar
00:08:00
4-test
Dasturchilar uchun texnik tayyorgarlik (1-qism)
00:03:00
Dasturchilar uchun texnik tayyorgarlik (2-qism)
00:09:00
11-amaliy vazifa
02:00:00
SI funksiyasi
00:02:00
SI funksiyasini ishlatib koʻrish
00:04:00
SI agent yaratish
00:03:00
SIni CRMʼda qoʻllash
00:03:00
Yakuniy dars
00:03:00
Soʻrovnoma
Odoo implementator | Nomzod formasi
Vebinar | Odoo 19 – nimalar oʻzgardi va nimalar yangilandi?
00:19:00
Kurs davomida bajariladigan loyihalar
1-loyiha: “Usta amaki”
Qurilish materiallari do‘koni uchun ERP’ni noldan sozlaysiz: CRM va savdo jarayonlari (pipeline, narx ro‘yxatlari, POS), xarid (RFQ → qabul) hamda ombor boshqaruvi (ikkita ombor, marshrutlar va hisobotlar). Shuningdek, buxgalteriya (invoyslar, to‘lovlar, moliyaviy hisobotlar), vebsayt/elektron tijorat (katalog, savat, COD) modullari joriy qilinadi. Yakunda rollar va xavfsizlik sozlanib, post-go-live bosqichida qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi.
2-loyiha: “Afsona mebel”
Mebel biznesi uchun mustaqil topshiriqlarni bajarasiz: savdo, xarid, ombor, CRM, POS, vebsayt va elektron tijorat modullarini sozlaysiz. Mahsulot katalogini (kategoriyalar, atributlar, narxlar) tuzasiz, B2B va B2C mijozlar bazasini shakllantirasiz, narx siyosati va chegirmalarni belgilaysiz. Ikki omborni boshqarib, POS savdosi va onlayn-do‘konni sozlaysiz, CRM pipeline jarayonlarini olib borib, hisobotlarni tayyorlaysiz.
Ishga tushirishdan keyin mijozni qo‘llab-quvvatlash
Oʻrgatiladigan texnologiyalar
Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:
Odoo
Odoo
Odoo 18 (Community)
Kurs oʻqituvchisi
Amon Olimov
Odoo konsalting va biznes jarayonlari bo‘yicha ekspert
Deep Vision kompaniyasi asoschisi va O‘zbekiston bozorida Odoo ERP tizimlarini joriy qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis. 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, xalqaro Odoo sertifikatiga ega. Savdo, buxgalteriya, logistika va ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur biladi hamda ko‘plab mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun ERP loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Sertifikatli boʻling!
Kursni to‘liq yakunlagan va ikki portfolio loyihasini topshirgan ishtirokchilarga Mohirdev sertifikati beriladi.
Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.
Koʻp soʻraladigan savollar
Boshlang‘ich biznes jarayonlari (savdo/xarid/ombor yoki buxgalteriya) haqida tushuncha, Excel/Google Sheets’da ishlay olish, noutbuk va internet. Kod yozish shart emas.
Yo‘q. Oddiy hisob-kitob va foizlar darajasida yetarli.
Zamonaviy brauzer (Chrome tavsiya etiladi), 8 GB RAM yoki undan yuqori ma’qul. Odoo onlayn brauzerda ishlaydi, o‘rnatish talab qilinmaydi.
Taxminan ~22 soat (video + testlar + amaliy topshiriqlar). Kuniga 1 soatdan, haftasiga 5 kun o'qisangiz ~1 oyda tugatish mumkin.
Junior Odoo funksional konsultanti darajasiga mos fundamentga ega boʻlasiz: kichik biznes uchun modullarni sozlash, ma’lumot importi, hisobotlar va go-liveʼga tayyorlash.
Asosiy format — yozib olingan videodarslar. Ba’zan e’lon qilinadigan jonli sessiyalar/FAQ uchrashuvlari bo‘lishi mumkin (jadval platformada e’lon qilinadi).
Ha. Barcha darslar, testlar va amaliy topshiriqlarni yakunlab, ikkala loyihani topshirganingizdan so‘ng Mohirdev sertifikati beriladi.